Bo'limlar
Uchrashuvlar
"G'unchada Gulg'unchalar
Adabiyot saboqlari
Jilg'a
Muharrir minbari
Shoirlar bolalarga
Kichik musavvirlar
Bilimdon bekati
   Izlash




  Saytimiz do'stlari

Mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi

Kamolot

unicef





  UZB | ÐÓÑ
Bosh sahifa| Tanlov | Biz haqimizda | Arxiv | Qayta aloqa
Muharrir minbari
Maktub yozayotgan bola_Aprel_2012_yil
03 May 2012 14:33
MAKTUB YOZAYOTGAN BOLA
 
Aziz o‘quvchim! Yana Siz bilan uchrashdik. Har biringizning o‘ylaringiz, intilish va izlanishlaringizdan xabar topib quvonib ketaman.
Qanday qilib, deysizmi?.. Ha-a, topdingiz!
Siz yo‘llagan maktublarda qalbingiz – o‘zligingiz ko‘rinadi. U tiniq suvdagi aksingizdan ham shaffof ko‘rsatadi orzularga to‘la yuragingizni: “Shamollarga shivirlab aytganlarim shabbodalarda etib borsin...”, “Bizning qishlog‘imizdagi yomg‘ir shahar ko‘chalaridagi yomg‘irga aslo o‘xshamaydi..”, “Nimaga kattalar yoshligini gapiraverishadi. Men esa kichkinalikdan charchab ketdim..”, “Iltimos, tanlovda menga birinchi o‘rinni beringlar. Ota-onamni shunaqangi xursand qilgim kelyaptiki...”. Qog‘ozga tushgan soyasiz, samimiy tuyg‘ular ifori gullab turadi nomalar qatlarida.
to`liq
9 marta o`qilgan
Ko'klamning ko'k bo'yog'i_21_mart
21 Mart 2012 11:00
  Ko'klamning ko'k bo'yog'i
   Bahorni qanchalar sog‘indik, sog‘inib ketdik. Kutish lahzalarining soniyalari hamisha uzun. Buni yashirib bo‘larmi – bir kecha gullagan bodomdek o‘ziga bandi etadi.
to`liq
26 marta o`qilgan
Murabbiylar daftariga_21_Dekabr_2011
21 Dekabr 2011 14:52
TUGANMAYDIGAN XAZINA
  Dunyoning donishmandlari uzoq o‘yga tolibdi: olganing bilan tugamaydigan, berganing bilan kamaymaydigan xazina axtarishibdi. Javobning topilishi mahol bo‘libdi. Yarim tunda ular yana yo‘llarida davom etibdi. Uzoqdan yorug‘lik taratayotgan uy ostonasiga qadam qo‘yibdi-yu, to‘rt devorning uch tarafiga yerdan shiftgacha taxlangan javondagi kitoblardan nur yog‘ilayotganiga ko‘zi tushibdi. Ular izlaganini topganiga iqror bo‘lib, do-nishmandlar donishmandiga chopar jo‘natibdi...
U nimaligini allaqachon bilib ulgurdingiz-a, topqir bolajon!
to`liq
71 marta o`qilgan
Murabbiylar daftariga_17_Noyabr_2011
17 Noyabr 2011 15:49
Murabbiylar daftariga
 
BIZNING BUYUK BOBOLARIMIZ
 
Har bir bola takrorlanmas dunyo. Uning olamida orzular parvoz qiladi, xayolida mo‘jizalar yaratadi. O‘zini qudratli his qiladi – o‘qiydi, izlanadi! Kashfiyotlar egasiga aylanadi.
Har bir bola buyuk ajdodlariga o‘xshagisi keladi: Beruniy, Xorazmiy, Ibn Sino, Farg‘oniy...
Ulug‘lar ham sizdek bola bo‘lgan, aziz o‘quvchi! Mana, o‘qing:
“Do‘mboqqina bola har kuni ertalab Amu daryosi sohilini aylanib yurar, giyoh va gullarni, mevalarni va mayda toshlarni yig‘ib o‘yga tolardi, so‘ng uyiga  oshiqardi. Bir kuni yiqqan giyohlarini olib mahalladagi hamma taniydigan tabibga bordi-da, o‘tlarning otini so‘radi. Tabib bolakayga dorivor o‘simliklarni tushuntirdi. Shundan so‘ng ular tez-tez ko‘rishib, tabib bolaning tabiatga qiziqishini yanada oshirdi”.
to`liq
95 marta o`qilgan

Bilimdon bekati
Bilimingni sinab ko'r_2012_Aprel
04 May 2012 16:09
Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zlarni qo‘yib, o‘zbek xalq maqollarini o‘qing!
Javoblarni tahririyatga yuboring.
 
1 ni kesib, 10 ni…
 
to`liq
10 marta o`qilgan
Kitobning tug'ilgan kuni_2012_Aprel
04 May 2012 15:33
KITOBNING TUG‘ILGAN KUNI
 
Mitti do‘stlarim!  Kitobning tug‘ilgan kuni qachon ekanini bilasizmi? Men esa bu o‘tmishning eng go‘zal kuni ekaniga ishonaman. Ota-bobolarimiz toshlarga, daraxt po‘stlog‘iga asarlar yozib qoldirishgan. Ana kitob qachon ko‘z ochgan?! Toshga bitilgan kitoblarning sahifalari yirtilmaydi, betlari sarg‘aymaydi. Agar oralaringizda kim ko‘p kitob o‘qisa, kitobning tug‘ilgan kuniga eng yaxshi sovg‘a hozirlagan bo‘ladi.
to`liq
6 marta o`qilgan
Tez aytishni tez aytamiz_Mart_2012
21 Mart 2012 11:37
TEZ AYTISHNI TEZ AYTAMIZ!
 
1.  Toshqozonin orqalab, toshbaqa tosh oralar.
 
2.   Jo‘ja jo‘hori izlab jo‘horizorga chopdi,
                       Jo‘ra jo‘jasini jo‘horizordan topdi.
to`liq
34 marta o`qilgan
Topishmoqlar_mart_2012
21 Mart 2012 11:33
TOPISHMOQLAR
     1. U tunlarni yoritadi,
Zulmatlarni aritadi,
Elektr hisoblagichni
Aylantirib “qaritadi”.
to`liq
42 marta o`qilgan